23:53 / 08.11.2018
3 801

O‘zbekistonda ommabop saytlar reytingini ko‘rsatib boruvchi yangi servis ishga tushdi

O‘zbekistonda ommabop saytlar reytingini ko‘rsatib boruvchi yangi servis ishga tushdi
O‘zbekiston saytlari reytingini ko‘rsatib boruvchi yangi sayt — imetrika.uz ishga tushdi. Bu haqda "Turon24" AA ma’lum qildi.

Marketolog sifatida ish olib borgan Nurmuhamedov onlayndagi reklama maydonchalariga doir axborot yetishmovchiligi muammosi bilan muntazam to‘qnash kelgan. U har safar axborot so‘rab resursning o‘ziga murojaat qilishga va axborot tayyor bo‘lishini kutishga majbur bo‘lgan.

Boshqalar ham shunday muammoga duch kelayotgan bo‘lsa kerak, degan taxmin bilan zarur ma’lumotlarni taqdim etuvchi resursni yaratishga qaror qilgan. Ko‘pdan beri mavjud www.uz reytingi esa ma’lumotlarni har doim ham aniq ko‘rsatmaydi.

“Loyiha ustida ikki kishi ish olib bordi. Hammasi "Google Analytics"ga ulangan ma’lumotlar asosida ishlaydi, hamkorlarimiz statistik ma’lumotlarni olish uchun imkoniyat bergan. Biz bu ma’lumotlarni shakllantirishda yoki ularni qayta ishlashda umuman ishtirok etmaymiz”, – dedi Nurmuhamedov.

Uning qayd etishicha, reytingga O‘zbekistonning boshqa saytlarini qo‘shish, bozorga Uznet bo‘yicha trendlar, saytlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etib borish rejalari bor. Saytlardan tashqari Telegram kanallar va botlar bilan (ular bo‘yicha ma’lumotlar kam), shuningdek, mobil dasturlar bilan ham ishlash ko‘zda tutilgan.

“Umuman olganda, auditoriyani kesimlarda ko‘rib chiqish imkoni bo‘lishi uchun biz barcha kommunikatsiya kanallarini ulab chiqishni xohlardik”, – dedi Nurmuhamedov.

Reytingga ulanish, "Google Analytics"ni sozlash va u bilan ishlash bo‘yicha maslahatlar bepul. Yangi saytlar reytingining paydo bo‘lishi O‘zbekistonda digital-loyihalar rivojiga turtki bo‘lishi kutilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda ommabop saytlar reytingini ko‘rsatib boruvchi yangi servis ishga tushdi