08:01 / 10.11.2018
5 318

Dubay politsiyasi uchar mototsikllar bilan “qurollanadi” (foto, video)

Dubay politsiyasi uchar mototsikllar bilan “qurollanadi” (foto, video)
Kaliforniyaning Hoversurf startapi Dubay politsiyasiga S3 xoverbaykining ilk seriyali namunasini berdi va politsiya xodimlarini uni boshqarishga o‘rgata boshladi. Vertikal uchish va qo‘nish funksiyasiga ega ushbu qurilma politsiyada 2020 yildan foydalanishga kiritiladi. Qurilmalardan tezkor javob berish otryadlari shaharning chekka tumanlariga borishda foydalanadi.

CNN nashrining xabar berishicha, ayni vaqtda ikki guruh politsiyachilar qurilmani boshqarishga o‘rgatilmoqda. Xoverbaykni mukammal boshqarish uchun ham mototsikl, ham dronni boshqarishni bilish talab etiladi. Politsiya rahbariyati 1-2 oy ichida uchar qurilmalari parkini kengaytirish borasida qaror qabul qiladi. Gap S3’dan 30-40 tasini yetkazish haqida bormoqda.

Foto: Hoversurf

Politsiyaga mo‘ljallangan Hoversurf uchar elektromototsikli 2017 yilda GITEX ko‘rgazmasida taqdim qilingan. Xoverbayk 12,3 kilovat-soatlik batareya bilan jihozlangan va dron rejimida qayta quvvatlanishsiz 40 daqiqa ishlay oladi. Uchuvchi bilan esa havoda 25 daqiqa bo‘la oladi.

Hozirda Dubay politsiyasi ko‘chalarni patrullashda ekzotik sport- va superkarlardan foydalanadi. Bu mashinalar orasida qimmatbaho Aston Martin One-77, Bugatti Veyron, Ferrari LaFerrari va Porsche 918 bor. Abu-Dabi politsiyasida esa narxi 3,4 mln dollar turuvchi Lykan HyperSport sportkari ham bor.
[media=https://www.youtube.com/embed/GQMGq8gk6QM]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dubay politsiyasi uchar mototsikllar bilan “qurollanadi” (foto, video)