19:00 / 11.11.2018
3 377

Apple iPhone X telefonlarida nosozliklar borligini tan oldi

Apple iPhone X telefonlarida nosozliklar borligini tan oldi
AQShning Apple shirkati MacBook Pro 13 noutbuklari hamda iPhone X smartfonlarida nuqsonlar va nosozliklar kuzatilayotganini e’lon qildi.

Shirkatga ko‘ra, ayrim iPhone X telefonlarida displey tarkibiy qismining ishdan chiqishi oqibatida sensor ekranda muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Apple mutaxassislariga ko‘ra, smartfonlar ekraniga tegilsa ishlamasligi va aksincha, teginmaganda ishlashi mumkin.

Shirkat shunday muammolarga duch kelgan iPhone X egalariga ekranlar bepul almashtirib berilishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Apple 2017-yil iyulidan 2018-yil iyuniga qadar sotilgan ayrim MacBook Pro 13 noutbuklarining qattiq disklarida ma’lumotlar o‘z-o‘zidan yo‘qolayotgani yoxud ishlamay qolayotgani haqida bildirdi.

Shirkat bunday qurilmalar egalariga ham imkon qadar tezroq nosozliklarni bartaraf etish maqsadida Apple servis markazlariga murojaat qilishni tavsiya qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple iPhone X telefonlarida nosozliklar borligini tan oldi