Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 2019 yil mart oyida Galaxy F bukiluvchan ekranli smartfon sotuvini boshlash niyatida. Bu haqda dushanba kuni Yonhap agentligi xabar berdi.
Uning sohadagi manbalari ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya 2019 yil fevral oyida Galaxy S10 smartfonini, mart oyida - Galaxy F va beshinchi avloddagi (5G) mobil aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan S10 modelini taqdim etadi. Sharhlovchilar fikricha, bukiluvchan ekranli smartfonning taqdimoti fevral oyidagi Mobile World Congress mobil soha ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tishi mumkin, mart oyiga esa savdolarning rasmiy boshlanishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Samsung Electronics’ning IT va mobil qurilmalar bo‘limi rahbari Dong Jin Ko ma’lum qilishicha, kamida 1 million dona Galaxy F ishlab chiqariladi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yangilik taxminan 1,8 ming dollarga tushadi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boringWatch Samsung's foldable phone in action, from its #SDC18 demo ???? pic.twitter.com/OTuCtviIL0
— CNET (@CNET) November 7, 2018
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi