23:44 / 12.11.2018
3 324

"OnePlus" birdaniga ikkita flagman smartfonni taqdim etadi

"OnePlus" birdaniga ikkita flagman smartfonni taqdim etadi
"OnePlus 6T" smartfoni sotuvga chiqarilganiga hali ko‘p bo‘lmadi, shunga qaramay, "OnePlus" ushbu flagman smartfonga voris sifatida bir emas, ikkita smartfonni taqdim etmoqda.

Yangi qurilmalarga doir tafsilotlarni kompaniya vakili so‘zlariga asoslanib, CNET resursi tarqatdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, "OnePlus 6T" smartfonining bevosita vorisiga aylanishi kutilayotgan 'OnePlus 7" smartfoni beshinchi avlod aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlamaydi.

5G tarmoqni qo‘llab-quvvatlovchi alohida model tayyorlanmoqda. U nisbatan qimmatroq bo‘ladi, “oddiy” "OnePlus 7" esa shu kompaniya smartfonlari uchun odatiy narxlarda bo‘ladi.

"OnePlus"ning ilk 5G-smartfoni va "OnePlus 6T"ning bevosita vorisi taqdimoti 2019 yil boshida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Taqdimotning 25-28 fevral kunlari Barselonadagi MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tishi ehtimoli katta.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "OnePlus" birdaniga ikkita flagman smartfonni taqdim etadi