07:57 / 13.11.2018
3 177

Huawei ekrandagi “teshik”ka karnay o‘rnatadi

Huawei ekrandagi “teshik”ka karnay o‘rnatadi
Smartfon ishlab chiqaruvchilar old paneldagi displey egallagan maydonni kengaytirish imkonini beradigan turli texnologiyalar ustida ish olib bormoqda.

Samsung “teshik” displeyli smartfonlarni savdoga chiqarishga tayyorgarlik ko‘ryapti (bunda “teshik” frontal kamera uchun foydalaniladi). Huawei ham shunga o‘xshash texnologiya ustida ishlayapti.

Huawei ekranga o‘rnatilgan karnaylar uchun patent oldi. Oddiy qilib aytganda, ekrandagi uzunchoq yoriq Samsung dagi kabi kamera uchun emas, balki dinamiklar uchun foydalaniladi.

Patent uchun berilgan buyurtmanomada ko‘rinmas frontal kameraga ega, yuqori qismida quloqchin uchun 3,5 millimetrli slot va ostki qismida USB Type-C port bo‘lgan romsiz smartfon ko‘rsatilgan.

Huawei kompaniyasi bunday o‘ziga xosliklarga ega smartfonni qachon chiqarishi hozircha ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei ekrandagi “teshik”ka karnay o‘rnatadi