01:15 / 14.11.2018
3 582

"Xiaomi"ning keyingi flagmani – Mi 9 smartfoniga oid ma’lumotlar oshkor qilindi

"Xiaomi"ning keyingi flagmani – Mi 9 smartfoniga oid ma’lumotlar oshkor qilindi
Smartfonlarga oid maxfiy ma’lumotlarni sizdirishi bilan tanilgan latviyalik dizayner Benjamin Geskin "Twitter"dagi sahifasida "Xiaomi"ning taqdimoti kelasi yili o‘tkaziladigan keyingi flagmanining konseptual suratlari va taxminiy tavsifini e’lon qildi.

Avvalroq Xiaomi Mi 9 smartfoni 2019 yilning birinchi yarmida chiqarilishi, u Qualcomm 8150 (855) protsessori asosida ishlashi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Qayd etish joiz, 7 nanometrli Snapdragon 8150 protsessori Qualcomm kompaniyasi tomonidan hali rasman taqdim etilgani yo‘q, lekin 2019 yilgi aksariyat flagmanlar uchun asosiy protsessor bo‘lishi aniq. Xiaomi Mi 9 esa Snapdragon 8150 bazasida ishlaydigan ilk smartfonga aylanishi mumkin.

Geskin e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 6,4 dyuymli AMOLED-displey, 48 megapikselli asosiy uchkamera, ekranga o‘rnatilgan barmoq izi skaneriga ea bo‘ladi. Geskinning tasdiqlashicha, Mi 9 smartfoni Snapdragon 8150 protsessorida, 6, 8 yoki 10 gigabayt operativ xotira bilan ishlaydi.

Akkumlyatorining sig‘imi 3700 mAs bo‘lishi, simsiz quvvat olish va Quick Charge 5.0 tezkor quvvatlanish tizimini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Bundan tashqari, smartfon beshinchi avlod 5G aloqa tarmoqlarida ham ishlay oladigan qilib chiqarilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Xiaomi"ning keyingi flagmani – Mi 9 smartfoniga oid ma’lumotlar oshkor qilindi