09:21 / 29.11.2018
3 653

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi sabab, "iPhone" narxi oshishi mumkin

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi sabab, "iPhone" narxi oshishi mumkin
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi sabab, Amerika tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan "iPhone" smartfonlari va noutbuklarga 10 foizlik boj joriy etilishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp "The Wall Street Journal" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvaridan boshlab AQShda Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan 10 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan bojlar joriy etiladi va bu chorani kechiktirish ehtimoli juda ham kam. Trampning ta’kidlashicha, 10 foizlik bojga amerikalik iste’molchilar “juda oson” bardosh beradi.

AQSh prezidentining ta’kidlashicha, agar tomonlar “Xitoy rahbariyati o‘z mamlakatini AQSh bilan raqobat uchun ochib”, barcha to‘siqlarni bekor qilishni nazarda tutadigan kelishuvga erisha olsalar, Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan bojlar bekor qilinishi mumkin.

Avvalroq, "Alibaba" asoschisi Jek Ma AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi 20 yilgacha cho‘zilishi va butun dunyo uchun muammoga aylanishi mumkinligi haqida fikr bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi sabab, "iPhone" narxi oshishi mumkin