Internetga “Yandeks” kompaniyasi 5 dekabrda taqdim qilishi kutilayotgan “Yandeks. Telefon” smartfoni haqidagi ma’lumotlar chiqib ketdi. Qurilmaning ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumot elektronika va maishiy texnika sotuvchi yirik kompaniyalardan biri saytida paydo bo‘lgan. Ayni vaqtda ushbu sahifa o‘chirib tashlangan, biroq uni Google keshida ko‘rish mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 8 yadroli protsessor, 5,65 dyyumli displey, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira oladi. Doimiy xotirani microSD kartalari yordamida oshirish mumkin.
Qurilma LTE tarmoqlarida ikkita SIM-karta bilan ishlay oladi, tezkor quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi va kichik masofalarda ma’lumotni simsiz uzatish texnologiyasi – NFC moduli evaziga kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshira oladi. Qurilmaning akkumulyatori 2970 mA-soatni tashkil qiladi. Ma’lum qilinishicha, smartfonning asosiy kamerasi 16+5 Mpli qo‘sh kamera, old kamerasi esa 5 Mpli bo‘ladi. Asosiy kamera ostida barmoq izi skaneri joylashadi.
Smartfon, shuningdek, quvvatlash va ma’lumotlarni uzatish uchun USB-C porti va quloqchinlar uchun 3,5 mmli raz’yom bilan jihozlanadi. Smartfonning narxi 17990 rublni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?