12:44 / 03.12.2018
4 186

«Apple» kompaniyasi mutaxassislari «aqlli ko‘rpa» ixtiro qilishdi

«Apple» kompaniyasi mutaxassislari «aqlli ko‘rpa» ixtiro qilishdi
Bu ko‘rpa egasining yurak urish tezligi, tana harorati, nafas chastotasini hisoblaydi. Buning uchun maxsus o‘tkazgichlar o‘rnatilgan. Bu o‘tkazgichlar yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar natijalarini to‘playdi. Dastur esa ularni simsiz boshqaruv paneliga yetkazadi. Panel ko‘rpa egasiga bu hisobotlarni namoyish etadi.

Ko‘rpa asosan salomatligida jiddiy muammo bor insonlar uchun mo‘ljallangan. Kerak bo‘lsa, ko‘rpaga o‘rnatilgan aksessuarlarning o‘zlari «Tez yordam»ga xabar beradi. Xuddi shunday dastur kompaniyaning «Apple Watch 4» aqlli soatlariga ham o‘rnatilgan. Soat ham keragidan uzoq vaqt yotib qolsangiz, o‘zi mustaqil tarzda «Tez yordam»ga xabar bera boshlaydi.

«Aqlli ko‘rpa»lar yaqin orada sotuvga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Apple» kompaniyasi mutaxassislari «aqlli ko‘rpa» ixtiro qilishdi