14:00 / 05.12.2018
4 070

Xiaomi taqiladigan qurilmalar savdosi bo‘yicha Apple’ni ortda qoldirdi

Xiaomi taqiladigan qurilmalar savdosi bo‘yicha Apple’ni ortda qoldirdi
IDC tahlil kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning uchinchi choragida Xiaomi kompaniyasining taqib yuriladigan qurilmalari savdosining o‘sish darajasi 90,9 foizni tashkil qilgan. Yakunda Xitoy kompaniyasi Apple’dan o‘zib ketdi va dunyoda taqiladigan aqlli qurilmalar savdosi bo‘yicha yetakchiga aylandi. Xiaomi’ning yetakchiligini tashqi bozorga xaridorgir narxda chiqarilayotgan Mi Band 3 soati ta’minlamoqda. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Apple esa Apple Watch Series soatining to‘rtinchi avlodini yanada qimmatroq narxda chiqardi va boshqa modellar narxini 200 dollardan pasaytirishni istamadi. Bu esa uning bozordagi ulushiga kuchli ta’sir o‘tkazdi.

Bozorda Apple Watch 3 o‘zini yaxshiroq namoyon qildi. Bu modeldagi aqlli soatlarning savdosi 4,2 million donaga yetdi.

Xiaomi’ning bozordagi ulushi 21,5 foizni, Apple kompaniyasi ulushi esa 13,1 foizni tashkil qilmoqda. Bunda kompaniyalar ikkita alohida yo‘ldan ketmoqda: Xitoy kompaniyasi savdo hajmiga tayanayotgan bo‘lsa, Apple daromadga e’tibor qaratmoqda. Apple’dan so‘ng Fitbit, Huawei va Samsung kompaniyalari mos ravishda 10,9 foiz, 5,9 foiz va 5,6 foiz ulush bilan joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi taqiladigan qurilmalar savdosi bo‘yicha Apple’ni ortda qoldirdi