Huawei yangi operatsion tizim ishlab chiqmoqda

  • 6-12-2018, 16:03
  • 766
  • Texnologiya
  • Huawei yangi operatsion tizim ishlab chiqmoqda
    Huawei kompaniyasi vitse-prezidenti Bryus Li kompaniya Android tizimi oʻrnini egallaydigan oʻz operatsion tizimini ishlab chiqayotganini tasdiqladi, deb yozmoqda Kun nashri.

    Yangi operatsion tizim haqidagi batafsil maʼlumotlar hozircha oshkor qilinmayapti. Maʼlum boʻlishicha, yangi tizim Kirin OS deb nomlangan. Bu reja AQSH hukumati talabi bilan Google kompaniyasi Android tizimini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatib qoʻyishi ehtimoli mavjudligi sababli ishlab chiqilgan.

    Bundan tashqari, Honor smartfonlarida yangi Fuchsia OS operatsion tizimi sinovdan oʻtkazilmoqda. Huawei Android tizimiga muqobil operatsion tizim yaratmoqchi ekanligi haqida bundan uch yil avval gap tarqalgandi. 2016 yilda kompaniya bosh direktori Richard Yu Kirin OS operatsion tizimi haqida izoh bergandi.

    » » Huawei yangi operatsion tizim ishlab chiqmoqda