17:17 / 09.12.2018
4 583

2018 yilning eng ommaviy Android-smartfonlari ma’lum qilindi

2018 yilning eng ommaviy Android-smartfonlari ma’lum qilindi
Gadjetlar unumdorligini taqqoslovchi AnTuTu kompaniyasi Android operatsion tizimida ishlovchi, 2018 yilning eng ommaviy smartfonlarini ma’lum qildi. Reyting kompaniya saytida e’lon qilingan.

Reytingning eng yuqori o‘rnini Xiaomi Mi 8 Explorer Edition smartfoni egallagan. Uning reytingi 97 foizni tashkil qilgan. Ekspertlar 2-o‘ringa Samsung Galaxy S9+’ni, 3-o‘ringa Meizu 16th’ni qo‘yishgan. Bu smartfonlar reytingi 96 foizni tashkil qilgan.

Huawei Mate 10 Pro, Oppo Find X va Meizu 16th Plus smartfonlari 95 foizlik reyting bilan 4-6-o‘rinlarni bo‘lishgan. 7-o‘ringa OnePlus 6, 8-o‘ringa Huawei Mate 10, 9-o‘ringa esa oldinga surilib chiquvchi old kameraga ega Vivo NEX Ultimate qo‘yilgan.

Yetakchi o‘ntalikning so‘nggi o‘rnini Samsung’ning yana bir qurilmasi – Galaxy S8+ egallagan.

Reyting yetakchisi Mi 8 Explorer Edition yuzning 3D-skaneri va ekran ostiga joylashtirilgan barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan. Biroq 3D-skaner yevropalik ko‘rinishga ega odamlar yuzini taniy olmaydi, ammo buni mintaqani Xitoyga o‘zgartirib tuzatish mumkin. Shuningdek, smartfonning orqa panelida smartfon ichidagi butlovchi qismlar, jumladan Snapdragon 845 protsessori surati tushirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2018 yilning eng ommaviy Android-smartfonlari ma’lum qilindi