18:38 / 15.12.2018
3 418

Facebookʻga milliard dollarlik jarima tahdid solyapti

Facebookʻga milliard dollarlik jarima tahdid solyapti
Facebook foydalanuvchilar maʼlumotlarining maxfiyligi buzganligi sababli milliard dollarlik jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda CNNʻga tayanib Kun xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, Yevropa qonunchiligiga rioya etilishini kuzatuvchi Irlandiyaning maʼlumotlar himoyasi boʻyicha komissiyasi kompaniyaga nisbatan surishtiruv ishlarini boshladi.

Yevropada amalda boʻlgan, maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Umumiy reglamentga koʻra, qoidabuzar kompaniya 23 mln dollargacha yoki yillik daromaddan 4 foiz boʻlgan miqdorda jarima toʻlaydi: qaysi pul koʻpligiga qarab.

Qayd etilishicha, Facebookʻning 2017 yildagi daromadi taxminan 40 milliard dollarni tashkil qilgan. Shu tariqa, kompaniya agar 2018 yilda daromad shu darajada qolsa, 1,6 milliard dollar miqdorida jarima toʻlashi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Avstraliya Google va Facebook faoliyatidan tashvishga tushib qolgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebookʻga milliard dollarlik jarima tahdid solyapti