02:08 / 21.12.2018
6 728

“Odnoklassniki” oʻzining shaxsiy Yangi yil efirini oʻtkazadi

“Odnoklassniki” oʻzining shaxsiy Yangi yil efirini oʻtkazadi
“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻi 31 dekabrdan 1 yanvarga oʻtar kechasi birinchi bor oʻzining shaxsiy Yangi yil efirini oʻtkazadi. “Haqiqiy Yangi yil” shousi konsepsiyasi tomoshabinlarga yilning asosiy kechasi dasturini oʻzlari belgilash imkoniyatini yaratib beradi. Shuningdek, shouni “MIR” telekanalida ham tomosha qilish mumkin boʻladi (telekanalning nisbiy tomoshabinlar davrasi 155 mln. kishini tashkil etadi). Uni nafaqat Rossiyadagi, balki butun MDH hamda yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlardagi tomoshabinlar tomosha qilishi mumkin.

“Haqiqiy Yangi yil” shousida ishtirok etadigan sanʼatkorlarni, uning bayramona manzaralari va alohida sahnalarini tanlashga tomoshabinlar yordam beradi. “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻida foydalanuvchilarning xohish va istaklari oldindan yigʻib olindi. Bunda foydalanuvchilar yulduzlar efirda salatlar toʻgʻrashi, mandarinlar bilan jonglyorlik qilishi va sevimli qoʻshiqlarni kuylashi haqida takliflar bildirdi. Biroq, efir qahramonlari bular bilan cheklanib qolmaydi. Masalan, Emin va Denis Klyaver supermarketdagi aravachalar bilan poyga oʻynaydi, Aleksey Yagudin va Tatyana Totmyanina esa yaxmalakka tashrif buyurganlarga sovgʻalar tarqatadi.

Shuningdek Yangi yil efirida xonanda MakSim, “Moya Mishel” guruhi, Yolka, JukeBox Trio, Burito, Timur Rodrigez, Stas Kostyushkin, Aleksandr Revva va boshqalar ishtirok etadi.

“Haqiqiy Yangi yil” shousi 31 dekabr kuni Moskva vaqti boʻyicha soat 22:00 da boshlanadi. Uni “Vse OK” ijtimoiy tarmogʻining rasmiy guruhida barcha moslamalarda: “OK”ning desktop va mobil versiyalarida, iOS va Android ilovalarida, “OK Video” ilovasida tomosha qilish mumkin boʻladi.

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻidagi efir bilan bir vaqtda “Haqiqiy Yangi yil”ning televersiyasini “MIR” telekanali tomoshabinlari tomosha qiladi. OK birinchi bor oʻzining shaxsiy Yangi yil efirini oʻtkazib, u federal telekanali efir setkasining bir qismiga aylanadi.

Soʻnggi yillar davomida “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻi Rossiyada yashovchilar uchun Yangi yil kontentini shu jumladan, televideniyeda shakllashda muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda. Shunga koʻra, 2017 yilda OK NTV bilan hamkorlikda “Jonli Yangi yil”ni oʻtkazib, unda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari OK Live ilovasi orqali telekanalning jonli efirida ishtirok etdi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq “Первый” kanali bilan hamkorlikda ovoz berishni oʻtkazdi, unda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “Первый” telekanalida oʻtkaziladigan Yangi yil kechasida ishtirok etadigan sanʼatkorlarni tanladi.

Marina Krasnova, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻining “Lenta”, “Video” va OK Live mahsulotlari boʻyicha direktor:

– OK foydalanuvchilari oʻzlarining yaqin va qadrdonlari bilan hissiyotlarini oʻrtoqlashishni xush koʻradi, shu munosabat bilan biz eng yorqin bayramlardan birida ular bilan birga boʻlishga va ularga “Haqiqiy Yangi yil” shousini taklif etishga qaror qildik. Ijtimoiy tarmoq texnologiyalari sharofati bilan tomoshabinlar bayramona tadbirning hammualliflari boʻlishi va unda bevosita ishtirok etishi mumkin. Yulduzli mehmonlar ularning tilaklarini roʻyobga chiqaradi, onlayn-efirning yangi interaktiv mexaniklari esa tomoshaga yanada qiziqarli tus bagʻishlaydi. “Haqiqiy Yangi yil” – biz yilning asosiy kechasiga tayyorlagan birinchi shaxsiy shoumizdir, biz ushbu loyiha orqali OK videoplatformasi rivojlanishining eʼlon qilingan yoʻnalishini eksklyuziv professional kontent tomon davom etmoqdamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Odnoklassniki” oʻzining shaxsiy Yangi yil efirini oʻtkazadi