07:27 / 22.12.2018
14 191

UZCARD plastik kartochkalarini naqd pul orqali to‘ldirish imkoniyati yaratildi

UZCARD plastik kartochkalarini naqd pul orqali to‘ldirish imkoniyati yaratildi
Endi Uzcard karta egalarida o‘z plastik kartalarining hisobini pul mablag‘i bilan to‘ldirish uchun unga xizmat ko‘rsatayotgan bankka borish ehtiyoji qolmadi. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markaziga tayanib “Xalq so‘zi“ nashri xabar bermoqda.

Tashkilot ayni vaqtda cash-in funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi yangi bankomatlarni taqdim etgan bo‘lib, NCR SelfServ 6632 rusumidagi yangi bankomatlar orqali Uzcard kartani mustaqil ravishda naqd pul mablag‘i bilan to‘ldirish imkoni yaratilgan.

Bunga qadar bankomatlar cash-out funksiyasi orqali faqat naqd pulni yechib olishi mumkin edi. Endilikda mazkur bankomatlarga naqd pul tashlash orqali plastik karta hisobini to‘ldirish mumkin bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda bunday funksiyadagi Agrobank, Xalq banki, Ravnaq-bank, KDB, Hi-Tech bank bankomatlari xizmat ko‘rsatmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UZCARD plastik kartochkalarini naqd pul orqali to‘ldirish imkoniyati yaratildi