14:22 / 01.01.2019
5 882

Samsung taxlanuvchi ekranli televizorini patentladi

Samsung taxlanuvchi ekranli televizorini patentladi
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi taxlanuvchi ekranli moslashuvchan televizorini patentladi. «Rollable display device» («Moslashuvchan displey qurilmasi») nomini olgan ishlanma patentida televizor vertikal bo‘yicha o‘ziga xos tuguncha shaklida taxlanishi qayd etilgan.

Taxlangan televizorni ikki tomon modullarini harakatga keltirib ochish mumkin. Samsung 8—11 yanvar kunlari Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES 2019 ko‘rgazmasida shunday televizor prototipini namoyish qilishi kutilmoqda.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, taxlanuvchi televizor modeli ustida ishlayotgan LG kompaniyasi bu borada Samsung’ga munosib raqib bo‘la oladi. Kompaniya o‘z prototipini 2018 yilning yanvarida namoyish qilgandi, biroq Samsung ishlanmasidan farqli o‘laroq, LG televizori ekrani pastga qarab taxlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung taxlanuvchi ekranli televizorini patentladi