07:25 / 03.01.2019
6 676

Inson organizmi uchun eng xavfli bo‘lgan smartfonlar ma’lum qilindi

Inson organizmi uchun eng xavfli bo‘lgan smartfonlar ma’lum qilindi
AQShning aloqa bo‘yicha federal agentligi mutaxassislari eng xavfli 18 ta smartfondan iborat ro‘yxatni e’lon qilishdi. Ta’kidlanishicha, bu qurilmalar eng katta SAR-nurlanish (mobil telefonning organizmga ta’sir qiluvchi nurlanishi) darajasiga ega.

Eng xavfli telefon deb Google Pixel 3 XL topilgan. Uning inson to‘qimalari tomonidan elektr magnit nurlanishning yutilishi solishtirma koeffitsiyenti bosh uchun 1,35 Vt/kgni, tana uchun ham shuncha va maksimal ko‘rsatkich bo‘yicha 1,52 Vt/kgni tashkil qiladi.

2-o‘rinni 1,34 Vt/kg bilan Google Pixel 3, 3-o‘rinn OnePlus gadjeti egallagan. Keyingi o‘rinlarni LG V40 hamda iPhone XS Max va XS egallagan. Ularning SAR-nurlanishi darajasi ham yuqori. Ta’kidlanishicha, Apple, Google va Samsung kompaniyalarining barcha yangi qurilmalari inson organizmiga salbiy ta’sir qilish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Inson organizmi uchun eng xavfli bo‘lgan smartfonlar ma’lum qilindi