13:00 / 07.01.2019
5 720

Shvetsiya mutaxassislari uzuk ko‘rinishidagi kompyuter sichqonchasini yaratishdi

Shvetsiya mutaxassislari uzuk ko‘rinishidagi kompyuter sichqonchasini yaratishdi
Bu ixtiro mahsuliga «Padrone Ring» deya nom berildi. Uskuna «Bluetooth» orqali ishlaydi va akkumlyatori bir marta elektr tokiga to‘yintirilsa, kun bo‘yi to‘xtamasdan ishlay oladi.

Uzuk shaklidagi kompyuter sichqonchasi, shubhasiz, barmoqqa taqiladi. Maxsus o‘tkazgichlar yordamida harakatlarni sodir etadi. Masalan, uzuk taqilgan barmoqni stolga qo‘yib, chap yoki aksil tarafga bursangiz, funksiyalar ado etila boshlanadi.

Uzuk ko‘rinishidagi bu sichqonchaning afzallik tarafi shundaki, uni barmoqdan yechmay bemalol qo‘l yuvaverasiz. Uskuna suv o‘tkazmaydi.

«Padrone Ring» ni ixtirochilar Los-Anjelesda o‘tadigan «Consumer Electronics Show» ko‘rgazmasida keng omma e’tiboriga havola etishadi. Ko‘rgazma shu yilning 9-12 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Uzuk shaklidagi sichqonchaning narxi 200 dollar miqdorida belgilangan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Shvetsiya mutaxassislari uzuk ko‘rinishidagi kompyuter sichqonchasini yaratishdi