23:07 / 22.01.2019
6 704

Firibgarlar Uzcard platformasining nusxasini yaratgani ma’lum bo‘ldi

Firibgarlar Uzcard platformasining nusxasini yaratgani ma’lum bo‘ldi
Uzcard karta egalarini Uzcard brendi ishlatilgan kiberjinoyat ro‘yxatga olingani haqida ogohlantirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, noma’lum shaxslar tomonidan uzcard.uz rasmiy saytining interfeysi nusxalanib, Uzcard to‘lov tizimi nomidan WEBSUM bilan hamkorlikda aksiya tashkil etilgani ro‘yxatga olingan.

Reklamada taqdim etilgan ma’lumotga binoan, ushbu tadbirda qatnashgan ishtirokchilar o‘z karta raqamlarini kiritib, pul miqdori o‘tkazish evaziga ushbu yuborilgan mablag‘dan ma’lum miqdorda foizlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.

Uzcard rasmiy xabariga ko‘ra, ushbu aksiya Uzcard banklararo to‘lov tizimi tomonidan tashkillashtirilmagan. Hozirda kompaniya tomonidan ushbu qalloblik hodisasi yuzasidan tergov ishlari boshlangan bo‘lib, yaqin kunlarda uning natijalari borasida xabarlar beriladi.

“Ogoh bo‘ling! Tekshirilmagan noma’lum internet vositalarga o‘z mablag‘laringizni ishonib topshirmang. Domenlarning nomlanishiga alohida e’tiboringizni qarating! Bizning rasmiy domenimiz uzcard.uz. Jumladan, domen nomida biron bir harfning o‘zgartirilgani uning haqiqiy emasligidan dalolat beradi: uzcard.org, uzcard.com, uzcard.info. Kompaniyamizga tegishli muhim xabar, eng so‘nggi yangilik va aksiyalarga tegishli tafsilotlarni uzcard.uz rasmiy saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishingiz mumkin”, - deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Firibgarlar Uzcard platformasining nusxasini yaratgani ma’lum bo‘ldi