06:34 / 29.01.2019
7 393

AQSH Oʻzbekistonda Smart Grid aqlli tarmoq loyihasini ishga tushirmoqda

AQSH Oʻzbekistonda Smart Grid aqlli tarmoq loyihasini ishga tushirmoqda
Foto: Maykl Alman
Oʻzbekistonda umumiy qiymati bir milliard AQSH dollariga baholanayotgan “Smart Grid aqlli tarmoq” loyihasi ishga tushishi mumkin. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar bermoqda. Kecha, 28 yanvar kuni Toshkentda aynan shu loyihani amaliyotga tatbiq etish masalalariga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda vazirlik va idoralar vakillari bilan bir qatorda AQSH kompaniyalarining rahbarlari ishtirok etib, “Smart Grid aqlli tarmoq” loyihasining elektr, gaz va suv taʼminoti hisobini yuritish va qator muammolarni oldini olishdagi roli muhokama qilindi.

“Hozirda mazkur loyiha tegishli idora vakillari tomonidan muhokama qilinib, uni amaliyotga joriy qilish masalasi koʻrib chiqiladi. Mazkur tizim yangi boʻlib, u Yevropa va Janubiy Amerika mamlakatlarida ishga tushirilgan. Loyiha Wi-Fi tizimda ishlagani sababli aholiga internetni tez yetkazib berishga va kabelli televideniyeni uzatishga yordam beradi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining kuzatuv kameralari ham shu tizim asosida ishlaydi. FVVning oʻzaro muloqotlar almashinuvi faollashuviga ham yordam beradi”, deya qayd etdi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Yoqilgʻi energetika boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Shuhrat Isayev.

Foto: Shuxrat Isayev
“Smart Grid” texnologiyalar asosida elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning zamonaviy yondashuvi boʻlib, u resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga, elektrtarmoqli obyektlarning qurilishiga ketadigan sarf-xarajatlarning sezilarli darajada kamayishiga hamda ekologiyaning yaxshilanishiga yordam beradigan katta loyihadir. Shuningdek, u “Aqlli shahar” strategiyasining eng boshlangʻich bosqichlaridan biri sanaladi.

“Ayni damda mazkur loyihani ishga tushirish uchun barcha texnologiyalar va ish rejasi tayyor. Faqatgina shartnomani imzolash va tegishli vazirliklarning munosabatlarni oʻrganib chiqish qoldi. Oʻzbekistonda, ayniqsa, Respublikaning chekka viloyatlarida mazkur tizimni ishga tushirish juda muhim ahamiyatga ega boʻlib, zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlovchi qurilmalar aholini tezkor va sifatli internet bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur tizimni ishga tushirish jarayonida mahalliy mutaxassislarni ishga jalb etamiz. Albatta, bu yangi ish oʻrinlarini ochishga ham yordam beradi”, deya taʼkidladi Maykl Alman, Amerikaning Delta Energy & Communications kompaniyasi Prezidenti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSH Oʻzbekistonda Smart Grid aqlli tarmoq loyihasini ishga tushirmoqda