09:56 / 29.01.2019
8 797

Smartfonlarning yana bir xavfli jihati aniqlandi

Smartfonlarning yana bir xavfli jihati aniqlandi
Xalqaro olimlar guruhi uyquga ketishdan oldin smartfondan foydalanuvchi bolalarda uyqu chala boʻlishi va semirish xavfi oshishi hamda xavotirlilik kuchayishini aniqlashdi. Bu haqda Kun.uz nashri maʼlum qildi.

Mutaxassislar 11-12 yoshdagi 6616 bolani oʻrganishda olingan maʼlumotlarni tahlil qilib chiqishdi. 70 foizdan koʻproq bola kechki uyqudan oldin kamida bir soat smartfon yoki ekrani bor boshqa qurilmadan foydalanishini aytgan. Soʻrov davomida bolalar bu vaqtda xonadagi yorugʻlik, qancha soat uxlashlari va uxlamasliklari, uxlash bilan bogʻliq muammolardan aziyat chekish-chekmasliklari haqidagi maʼlumotlarni ham koʻrsatishgan.

Aniqlanishicha, chirogʻi yoqilgan uyda smartfondan foydalangan yoki televizor koʻrgan bolalar 31 foiz koʻproq yomon uxlashgan. Bu ishni qorongʻida qilgan bolalarda uyqu buzilishi ehtimoli 147 foizga koʻtarilgan. Shuningdek, meʼyorida boʻlmagan uyqu immunitet pasayishi, tushkunlik, xavotirlilik va semirish bilan bogʻliqligi koʻrsatilgan.

Baholashlarga koʻra, dunyoda 90 foiz oʻsmirlar kuniga tavsiya qilingan 11 soatdan kamroq uxlashadi va mutaxassislar buni gadjetlar tarqalgani bilan tushuntirishmoqda. Buyuk Britaniyaning oʻzida 12 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning 98 foizi televizor koʻrar, 90 foizdan koʻprogʻi smartfondan foydalanar ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Smartfonlarning yana bir xavfli jihati aniqlandi