20:20 / 30.01.2019
7 627

Apple rahbari iPhone narxlari pasaytirilishi haqida ma’lum qildi

Apple rahbari iPhone narxlari pasaytirilishi haqida ma’lum qildi
Apple ayrim iPhone modellari narxi pasaytirilishi haqida ma’lum qildi. Gap milliy valyuta qiymati AQSh dollariga nisbatan sezilarli darajada pasaygan mamlakatlardagi iPhone narxlari haqida bormoqda. Bu haqda Apple rahbari Tim Kuk Reuters agentligiga bergan intervyusida bildirdi.

Kukning so‘zlariga ko‘ra, Apple narxlarni o‘tgan yilgiga yaqinlashtirib, mahalliy valyutaga moslashtiradi.
Uning qayd etishicha, milliy valyutasi dollarga nisbatan sezilarli darajada pasaygan davlatlarda iPhone narxlari sezilarli ravishda oshgan.
U gap aynan qaysi davlatlar haqida borayotganini va narxlar qachon pasayishi haqidagi tafsilotlarni oshkor qilmadi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq Apple vakillari valyuta qiymati dollarga nisbatan pasaygan davlatlar orasida Rossiya, Turkiya va Braziliya borligini aytishgan. Bundan tashqari, Xitoyda iPhone sotuvi pasayishi qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple rahbari iPhone narxlari pasaytirilishi haqida ma’lum qildi