16:53 / 31.01.2019
7 675

Yangi iPhoneʻlar lazerli 3D-kamera bilan jihozlanadi

Yangi iPhoneʻlar lazerli 3D-kamera bilan jihozlanadi
Apple 2020 yildan oʻz smartfonlariga lazerli 3D-kamera bilan jihozlashni rejalashtirmoqda, deb yozadi Kun.uz.

Hozirda Apple 3D-kameralardan qiyofani aniqlash funksiyasi uchun foydalanmoqda, ular 25-50 sm masofada ishlay oladi. Yangi kameralar lazerli skaner bilan jihozlanadi va 5 metrgacha masofadan qiyofani aniqlaydi.

Agentlik suhbatdoshining aytishicha, Apple Sony kompaniyasi bilan yangi tizim uchun uzatkichlarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha muzokara olib bormoqda.

Avvalroq The Wall Street Journal gazetasi oʻz manbalariga tayanib 2019 yil kuzida taqdim etiladigan yangi Apple smartfonlariga uchta kamera oʻrnatilishi haqida xabar qilgandi.

Bundan tashqari, Apple 2020 yildan suyuq kristalli displeylardan voz kechish va toʻlaligicha OLED-ekranlarga oʻtishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi iPhoneʻlar lazerli 3D-kamera bilan jihozlanadi