10:27 / 06.02.2019
8 139

AQShda samolyotdan limuzin yaratishdi (video)

AQShda samolyotdan limuzin yaratishdi (video)
Amerikaning Minnesota shatatida joylashgan Jetsetter kompaniyasi biznes klass samolyotidan limuzin yaratdi.

Yangi limuzin Learjet – biznes samolyoti asosida yaratilgan. Uning uzunligi 12,8 metr, eni 2,4 metr va balandligi 3,5 metrni tashkil qiladi. Qanotlari olib tashlangan o‘rniga esa avtomobil dvigateli va yurish qismi hamda 28 dyumli g‘ildiraklar o‘rnatilgan. Limo Jet deb nomlangan yangi limuzin og‘irligi 5,5 tonna, narxi esa 5 million dollar deb belgilangan.

Uning eshigi bitta va u samolyotdagi kabi yarmi pastga yarmi tepaga ochiladi. O‘t oldirish va boshqarish avtomobil kabi yengil. Yaratuvchi aytishiga qaragandan uning tezligi 160 km/soatga yetishi mumkin.
VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQShda samolyotdan limuzin yaratishdi (video)