iPhone smartfonlari uchun keng tarqalgan dasturlar smartfon ekranida yuz berayotgan hodisalarni kuzatib, o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni saqlab qolishi aniqlandi. Bu haqda mutaxassislarga iqtibos keltirgan holda TechCrunch ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bunday xatti-harakatlar Glassbox texnologiyasidan foydalanuvchi, mehmonxonalar va aviachiptalarni bronlash dasturlari ishida aniqlangan.
Gap mehmonxonalarni bronlash sayti Hotels.com, Abercrombie & Fitch va Hollister reteylerlari, Air Canada va Singapore Airlines aviakompaniyalari va sayyohlar uchun mo‘ljallangan Expedia servisi haqida bormoqda. Bu kompaniyalarning barchasi Glassbox texnologiyasidan foydalanadi. Bu texnologiya smartfon egasi bosgan klavishlar, uni imo-ishoralari ortidan kuzatib, ekranni tasvirga oladi. So‘ngra bu ma’lumot turli xil reklamani ilgari surish uchun qo‘llanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dasturlar barcha operatsiyalar va foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz saqlab oladi. Shu bilan birga ma’lumot ishonchli shifrlash bilan himoyalanmagan va xakerlar qo‘liga osongina tushishi mumkin.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, hozirda foydalanuvchilar ortidan bunday kuzatuv tartiblashtirilmagan. Mutaxassislar yashirincha kuzatuv olib boruvchi dasturlardan foydalanmaslikni tavsiya qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi