Eng kuchli va eng kuchsiz nurlanishga ega smartfonlar...

  • 12 fevral 2019, 13:50
  • 3 898
  • Texnologiya
  • Eng kuchli va eng kuchsiz nurlanishga ega smartfonlar...
    Xalqaro Statista tahliliy kompaniyasi ekspertlari tomonidan eng yuqori va past elektr magnitli nurlanish darajasiga ega bo‘lgan smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi. Kompaniya o‘z tadqiqotlarida Germaniyaning radiatsiyaviy himoya bo‘yicha idorasi(Bundesamt für Strahlenschutz) ma’lumotlariga asoslandi.

    Statista kompaniyasining e’tiroficha, eng kuchli magnit nurlanishiga ega smartfonlar quyidagilar:

    Eng kuchli nurlanishga ega smartfon deb Xiaomi Mi A1 rusumi topildi – nurlanish 1 kg.ga 1,75 vattga teng.

    Ikkinchi o‘rinda OnePlus 5T(1,68 vatt/kg.), uchinchi o‘rindan Xiaomi Mi Max 3(1,58) joy olgan. Dastlabki oltilikka OnePlus 6T(1,55), HTC U12 life(1,48), Xiaomi Mi Mix 3(1,45) markalari kiritilgan.
    Iphone 7 esa 9-o‘rin(1,38), Iphone 8 14-o‘rin(1,32 vatt) bo‘ldi.

    Statista kompaniyasining e’tiroficha, eng kuchsiz magnit nurlanishiga ega smartfonlar quyidagilar:

    Eng kuchsiz elektr magnit nurlanishiga ega smartfonlar sifatida esa Samsung Galaxy Note 8 va ZTE Axon Elite e’lon qilindi. Ularning bu boradagi ko‘rsatkichi 0,17 vatt/kg.ga teng. LG G7 va Samsung Galaxy A8(0,24), Samsung Galaxy S8+ va Samsung Galaxy S7 Edge(0,26) ham bu borada ko‘rsatib o‘tilgan.

    Eslatib o‘tamiz, SAR – kilogrammga vatt(Vt/kg.) o‘lchov birligi bo‘lib, inson tanasi to‘qimalariga bir soniya davomida yutiladigan elektr magnit quvvatining solishtirma koeffitsiyenti hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkich bilan mobil telefonlar yetkazadigan zarar darajasi aniqlanadi.

    » » Eng kuchli va eng kuchsiz nurlanishga ega smartfonlar...