06:56 / 15.02.2019
8 878

Batareyasi bir quvvatlanishda rekord darajada uzoq vaqt ishlovchi smartfon yaratildi

Batareyasi bir quvvatlanishda rekord darajada uzoq vaqt ishlovchi smartfon yaratildi
Energizer kompaniyasi 18 ming mA-soatlik batareya evaziga bir quvvatlanishda 50 kun ishlovchi smartfon yaratdi.
Gadjetning taqdimoti Barselonada 25 fevralda boshlanadigan MWC 2019 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tishi kerak.

Kompaniya o‘z mahsulotini “bunday kuchli batareyali dunyodagi ilk smartfon” deb ta’riflagan.
Batareyaning to‘liq zaryadi 100 soat beto‘xtov musiqa tinglash va 2 kun video ko‘rishga yetishi kerak.

Shuningdek, smartfon energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon quvvati gadjetdan odatiy foydalanishda bir haftaga yetishi ko‘zda tutilgan.
Smartfon 16+2 Mpli old qo‘sh kameraga, 12+5+2 Mpli orqa uch kameraga ega. Qurilma MediaTek Helio P70 protsessorida ishlaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Batareyasi bir quvvatlanishda rekord darajada uzoq vaqt ishlovchi smartfon yaratildi