10:00 / 18.02.2019
8 140

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda keskin pastladi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda keskin pastladi
Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e’lon qildi. Unda 2019 yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi mobil va simli internet tezligi haqida ma’lumotlar bor.
Servis reytingga o‘nlab yangi davlatlarni qo‘shdi, shuning uchun ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekistonning pozitsiyalari pasayib ketdi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 137 davlat ichida 129-o‘rinni egalladi (8,80 Mbit/s). Simli internet tezligi bo‘yicha mamlakat 177 pog‘onadan 131-o‘rinni egalladi (11,31 Mbit/s).
Shu tariqa, O‘zbekiston reytingda mobil internet bo‘yicha 18 pog‘onaga, simli internetda esa 23 o‘ringa pastlagan.
Islandiya mobil internet tezligi bo‘yicha (73,93 Mbit/s), Singapur simli internet tezligi bo‘yicha (197,94 Mbit/s) birinchi o‘rinni egalladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda keskin pastladi