13:28 / 14.03.2019
5 597

Motorola Razr smartfonining xususiyatlari maʼlum qilindi (foto)

Motorola Razr smartfonining xususiyatlari maʼlum qilindi (foto)
Foto: Mobidevices.ru
Motorola kompaniyasi ancha vaqtdan beri buklama-smartfon ishlab chiqarilishi haqida maʼlum qilgandi. Aniqlanishicha, Motorolaʻning yangi buklama-smartfoni boshqa buklanuvchan smartfonlardan farq qiladi, deb yozadi “Daryo” nashri.

Tafsiflarga koʻra, u eski buklama-smartfonni eslatadi. Faqat klaviaturali pastki qismi oʻrnida vertikal buklanuvchi yaxlit katta ekran boʻladi.
Nashrining yozishicha, yangi smartfon dizayni avvalgisidan tubdan farq qiladi.

Yangi Razr smartfoni 2142×876 pikselli 6,2 dyuymli displeyga ega boʻladi. Smartfon korpusida yana bir kichik displey joylashib, unda smartfon yopiq turganda bildirishnomalar va qoʻngʻiroqlar koʻrinadi.

Foto: Mobidevices.ru
Motorola Razr uch xil rangda chiqarilishi kutilmoqda: oq, qora va tilla.

Ushbu smartfon Snapdragon 710 protsessorida ishlaydi va u toʻrt yoki sakkiz gigabayt operativ xotiraga ega boʻladi. Doimiy xotira esa modelidan kelib chiqqan holda 64 yoki 128 gigabaytli boʻladi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Motorola Razr buklama-smartfonining narxi 1500 dollar atrofida boʻlishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Motorola Razr smartfonining xususiyatlari maʼlum qilindi (foto)