08:17 / 27.03.2019
6 883

Yangi “Samsung Galaxy A70” smartfoni chiqarildi

Yangi “Samsung Galaxy A70” smartfoni chiqarildi
Foto: “YouTube”
“Samsung” kompaniyasi oʻrta toifaga mansub yangi “Galaxy A70” smartfonini taqdim etdi. Bu haqda “Xabar” nashri maʼlum qildi.

“Galaxy A70”ga 6,7-dyuymli, 2400x1080 pikselli “Super AMOLED 20:9” displeyi oʻrnatilgan. Qurilmaning ort paneliga 32 megapikselli uchtalik kamera joylashtirilgan, akkumulyatori sigʻimi — 4,5 mAs.

Bu kompaniyaning 25-vattli tezkor quvvatlashni qoʻllovchi yagona smartfonidir.
Yangi qurilma 700-800 dollar atrofida sotilishi aytilmoqda, ammo bu hozircha taxmin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi “Samsung Galaxy A70” smartfoni chiqarildi