11:30 / 27.03.2019
4 866

Huawei oʻzining birinchi aqlli koʻzoynaklarini chiqaradi (foto, video)

Huawei oʻzining birinchi aqlli koʻzoynaklarini chiqaradi (foto, video)
Huawei Koreyaning Gentle Monster taniqli brendi bilan hamkorlikda oʻzining birinchi aqlli koʻzoynagini chiqarish rejalari toʻgʻrisida maʼlum qildi. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.

Koʻzoynaklar smart-koʻzoynaklar deb ataluvchi narsadan koʻra, oddiy dizaynerlik koʻzoynaklariga oʻxshash. Ular oʻzining oddiy funksiyalaridan tashqari, qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish va musiqa tinglash uchun Bluetooth-garnitura vazifasini ham bajarishi mumkin.

Foto: POCKET-LINT

Foto: POCKET-LINT
Qoʻngʻiroqqa javob berish uchun shunchaki yon tomonga tegish kifoya qiladi, hech qanday tugma yoʻq. NFC texnologiyasi qoʻllab-quvvatlanadi.

Gardishga dinamiklar, mikrofon, antenna va akkumulyator joylashtiriladi. Kamera esa yoʻq, bu kompaniyaning maxfiylik boʻyicha bahslardan qochish istagiga bogʻliq boʻlishi mumkin.

Huawei 2019 yil iyul oyida koʻzoynaklar chiqarishni rejalashtirmoqda. Ularning narxiga hozircha aniqlik kiritilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei oʻzining birinchi aqlli koʻzoynaklarini chiqaradi (foto, video)