15:30 / 29.03.2019
4 036

Xiaomi Yevropa bozoriga 550 yevrolik BlackShark 2 smartfonini olib chiqmoqchi

Xiaomi Yevropa bozoriga 550 yevrolik BlackShark 2 smartfonini olib chiqmoqchi
Xiaomi kompaniyasi yaqinda Xitoyda BlackShark 2 oʻyin smartfoni haqida eʼlon qilgan edi. Endilikda bu model haqida Yevropa uchun moʻljallangan saytida ham yangilik paydo boʻldi.

BlackShark 2 oʻyinlar uchun moʻljallangan smartfonining Yevropa bozori uchun chiqariladigan nusxasida oddiysiga nisbatan oʻzgarishlar bor.

Ushbu smartfon Samsung kompaniyasining 6.39 dyumli AMOLED-displeyli Full HD+ formatidagi DCI-P3, sRGB i HDR xizmatlarini qoʻllay oladigan 240 Gs chastotali ekran bilan jihozlangan. Ekranning sezuvchanligi bor yoʻgʻi 43.5 millisekundni tashkil etadi. Super-a!

Smartfonning protsessori ham chakkimas. Snapdragon 855 protsessor ikkita suyuq sovutish tizimiga ega, akkumulyator quvvati 4000 mAs.li tezkor quvatlash tizimiga 25 vattlik zaryad qurilmasini oʻz ichiga oladi. Hayratlanarli ikkita asosiy 48 Mp + 12 Mpllik kamera, stereotovushli audiotizim va ekran ostida barmoq skaneri har qanday mijozni aqldan shoshiradi. Smartfon Android 9 Pie dasturini qoʻllay oladi.

BlackShark 2 ikki xil rang Shadow Black i Frozen Silver da chiqarilishi moʻljallanmoqda. Ushbu model 8 GBli operatsion tizim va 128 GBgacha ichki xotira joyiga ega boʻladi. Narxi esa 550 yevro atrofida boʻlishi belgilangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi Yevropa bozoriga 550 yevrolik BlackShark 2 smartfonini olib chiqmoqchi