VimpelCom Ltd. global media-rejalashtiruv va reklama sotib olish uchun “Dentsu Aegis Network” va “Starcom Mediavest Group” kompaniyalarini tanladi

  • 22 dekabr 2015, 22:11
  • 4 967
  • Texnologiya
  • VimpelCom Ltd. global media-rejalashtiruv va reklama sotib olish uchun “Dentsu Aegis Network” va “Starcom Mediavest Group” kompaniyalarini tanladi

    2015 yil 22 dekabr, Toshkent. Dunyodagi eng yirik telekommunikasion kompaniyalardan biri, 14 mamlakatda 217 milliondan ziyod abonentlarga xizmat ko‘rsatuvchi VimpelCom Ltd. (O‘zbekistonda “Beeline” SB), endilikda Kompaniya uchun global media-rejalashtiruv va reklama sotib olish sohasida ikki halqaro media-agentlikni tanlangani haqida xabar beradi. Mazkur echim Guruhning yagona standartlari biznes-jarayonlar va operasiyalarni boshqarish sohasidagi transformasiyaning bir qismi hisoblanadi.

    2016 yilning 1 yanvar kunidan “Starcom Mediavest Group” va “Dentsu Aegis Network” kompaniyalari media-rejalashtirish, shuningdek VimpelCom Ltd.‘ning Rossiya, Italiya, Ukraina, Pokiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Bangladesh. Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston va Gruziyadagi reklama sotib olish sohasida shug‘ullanadilar. Ushbu mamlakatlarda Kompaniya “Beeline”, “Wind”, “Kyivstar”, “Banglalink” va “Mobilink” savdo belgisi ostida faoliyat olib boradi.

    Rozzin Boy, VimpelCom Ltd. Kompaniyasining brendini rivojlantirish va kommunikasiyalar bo‘yicha direktori shunday dedi: “Bu yili “VimpelCom” kompaniyasi transformasiya dasturini amalga oshirishni boshladi, bundan maqsad operasion samaradorlik darajasini oshirish, harajatlarni qisqartirish va Kompaniyani yangidan qurish, haqiqiy digital-kompaniya barpo etish. Mazkur strategiya doirasida qator ta’minotchilar bilan hamkorligimizni halqaro formatga o‘tkazdik, shuningdek rivojlanish jarayonini optimizasiya qilgan holda biznesning innovasiya va digital-ko‘rinishiga e’tibor bermoqdamiz. Mijozlar har bir tashabbusning markazida bogan bir zamonda, butun marketing va mijozlar bilan sifatli o‘zaro aloqa o‘rnatishni media-rejalashtirish va kreativ sohasidagi puxta bilimli hamkorlar bilan amalga oshirish mumkin. Potensial hamkorlarni puxta o‘rganib chiqish natijasida “Starcom Mediavest Group” va “Dentsu Aegis Network” kompaniyalarini mediarejalashtirish va reklama sotib olish sohasidagi strategik hamkorimiz sifatida ko‘rishdan mamnunmiz”.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » VimpelCom Ltd. global media-rejalashtiruv va reklama sotib olish uchun “Dentsu Aegis Network” va “Starcom Mediavest Group” kompaniyalarini tanladi