13:40 / 16.04.2019
3 543

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda yana pastladi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda yana pastladi
Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi 2019 yil mart oyi yakunlari bo‘yicha jahonda mobil va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e’lon qildi.

O‘zbekistonning pozitsiyalari yanada yomonlashdi:
- mamlakat mobil internet tezligi bo‘yicha bir pozitsiyani yo‘qotdi va 9,49 Mbit/s. tezlik bilan 127-o‘rinni egalladi;
- simli internet tezligi bo‘yicha 11,81 Mbit/s. tezlik bilan 178 davlat orasida 131-o‘rindan joy oldi.

Norvegiya (67,54 Mbit/s.) mobil internet tezligi, Singapur (199,62 Mbit/s.) simli internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.
Speedtest servisdan o‘z ulanishi tezligini tekshirishda foydalanuvchi shaxslardan olingan ma’lumotlar asosida tezlikni hisoblab chiqaradi hamda reytingni shakllantiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda yana pastladi