16:15 / 21.04.2019
3 462

«Xiaomi» simsiz dazmol chiqardi

«Xiaomi» simsiz dazmol chiqardi
Foto: «xChip»
«Xiaomi» maishiy texnikalari safi «Mi Cordless Steam Iron» dazmoli hisobiga yana bittaga ko‘paydi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qildi.
Boshqa dazmollarga o‘xshash dazmol: bug‘lash va haroratni boshqarish funksiyalari bor, bitta ustun jihati — uning simi yo‘q.

Dazmol elektr tarmog‘iga simda ulanuvchi moslamaga qo‘yib qizitiladi. «Mi Cordless Steam Iron»ning quvvati — 2000 Vt, unga 280 ml.gacha suv quyish mumkin.

Dazmol 200 darajagacha qiziydi. Ikki daqiqagacha saqlanuvchi bu harorat bitta kiyimni tekislash uchun bemalol yetadi.
Yangi mahsulotning narxi 30 dollar atrofida belgilangan, u qachon sotuvga chiqarilishi hozircha ma’lum qilinmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Xiaomi» simsiz dazmol chiqardi