23:05 / 25.04.2019
3 257

Odnoklassniki shaxsiy profillar uchun eʼlonlarni rejalashtirish xizmatini ishga tushirdi

Odnoklassniki shaxsiy profillar uchun eʼlonlarni rejalashtirish xizmatini ishga tushirdi
Odnoklassniki shaxsiy profillarda keyinga qoldiriladigan eʼlonlarni yaratish imkoniyatini joriy etdi. Yangi opsiya oldindan bir necha eʼlonlarni rejalashtirish va ijtimoiy tarmoq bilan yanada qulay tarzda oʻzaro aloqa qilish imkonini beradi. Mazkur xizmat shaxsiy profilidan biznes uchun foydalanuvchilar, masalan bloggerlar, mashhur insonlar va artistlar uchun foydali boʻladi. Keyinga qoldiriladigan postlar OKning veb-versiyasida ishlamoqda va tez kunlarda mobil platformasida ham joriy etiladi.

Keyinga qoldirilgan eʼlon nimalarni anglatadi?

Keyinga qoldirilgan eʼlon – bu har qanday kontentga ega toʻliq tayyorlangan post boʻlib, sahifaga joylashtiriladi va uning eʼlon qilinishi muayyan sana va vaqtga rejalashtiriladi. Ushbu funksiyadan foydalanish kontenti oldindan tayyorlangan koʻplab postlar eʼlon qiluvchilar uchun qulay boʻladi. Muallif har safar ijtimoiy tarmoqqa ulanishi kerak boʻlmaydi, bunda kontentni bir marta joylashtirish, eʼlon qilinadigan sanasi va vaqtini belgilash yetarli boʻlib, post avtomatik tarzda eʼlon qilinadi.

Keyinga qoldiriladigan eʼlonlar nimalar uchun kerak?

Avvalo, keyinga qoldiriladigan eʼlonlar ijtimoiy tarmoq bilan oʻzaro aloqa qilishni yanada qulaylashtiradi:
  • SMM-menejer yoki muallif mexanik ishga kamroq vaqt sarflaydi.
  • Har kuni yoki har soatda boshqa vazifalardagi postingga chalgʻish kerak boʻlmaydi.
  • Postingni aniq vaqtga, masalan eʼlonlar har kuni 11:00da va 16:00da chiqishini sozlash qulay.
  • Muallifdan bir necha vaqt mintaqasi yiroqda yashaydigan auditoriya uchun postlar eʼlon qilish.
  • Mazkur opsiya eʼlonlarni rejalashtirib, kontentni oldindan tayyorlash imkonini beradi.

Keyinga qoldirilgan eʼlon qanday joylashtiriladi?

Keyinga qoldirilgan eʼlonni joylashtirish uchun:
  1. OKga eʼlon rejalashtirilgan profil nomi orqali kirish;
  2. profil sahifasida kontenti tayyor eʼlonni yaratish;
  3. “Eʼlon vaqti”ga “galochka” belgisini qoʻyish;
  4. ochilgan maydonda sana va vaqtni tanlash;
  5. “Saqlash” tugmasini bosish lozim.
Ushbu harakatlar amalga oshirilganidan soʻng, eʼlon rejalashtiriladi va tasmada belgilangan muddatda avtomatik tarzda joylashtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki shaxsiy profillar uchun eʼlonlarni rejalashtirish xizmatini ishga tushirdi