10:20 / 10.05.2019
3 440

Dunyodagi eng boy odam Oyga qo‘nish uchun qurilma maketini taqdim etdi

Dunyodagi eng boy odam Oyga qo‘nish uchun qurilma maketini taqdim etdi
9 may, payshanba kuni, milliarder Jeff Bezos Blue Origin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Oyga qo‘nish uchun kosmik apparat maketini taqdim etdi. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.

Qurilma Blue Moon nomi bilan ataldi, u yuk va texnikani Oy yuzasiga yetkazib bera oladi. Xususan, gap golfkar hajmi bilan teng bo‘lgan to‘rtta kichik rover haqida ketmoqda. Bundan tashqari, Blue Moon Oydan sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqara oladi, deya xabar berdi Bezos.

«Biz ishni o‘z muddatida oxiriga yetkaza olamiz, bu uch yil avval boshlanganligimiz sababli ro‘y beradi. Qolish maqsadida Oyga qaytib borish vaqti keldi», - dedi Bezos.

Bezos 55 yoshda, u Amazon rahbari va asoschisi, shuningdek, Blue Origin hamda The Washington Post nashriyot uyi egasi. Forbes jurnaliga ko‘ra, u dunyodagi eng badavlat odam. Mart oyida Bezosning boyligi 131 milliard dollarga baholangan.

Mazkur taqdimot marosimini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dunyodagi eng boy odam Oyga qo‘nish uchun qurilma maketini taqdim etdi