21:20 / 04.06.2019
4 067

Eng ko‘p ishdan chiqadigan smartfonlar ma’lum qilindi

Eng ko‘p ishdan chiqadigan smartfonlar ma’lum qilindi
Ekspertlar Moskva aholisi ta’mirlash uchun eng ko‘p olib keladigan smartfonlarni ma’lum qilishdi, deb yozadi «Kun.uz» nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, eng ko‘p ishdan chiqadigan smartfonlar iPhone 6, 5S, 5 va 6S ekan. Apple qurilmalari ta’mirlashga berilgan barcha smartfonlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Keyingi o‘rinda Samsung A5, S3 va A3 modellari (18 foiz) va Xitoyda ishlab chiqarilgan smartfonlar joylashgan (27 foiz). Xitoy smartfonlari orasida eng ko‘p ta’mirlashga beriladiganlari Huawei Nova 2, Honor 8, Xiaomi Redmi Note 4 va Redmi 4X hisoblanadi.

Apple smartfonlari nosozligida eng ko‘p uchraydigan sabab batareyaning ishdan chiqishi (30 foiz holatlarda), Xitoy brendlarida ekran ishdan chiqishi (56 foiz holatlarda), Samsung modellarida esa korpusni ta’mirlashdir (20 foiz holatlarda).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eng ko‘p ishdan chiqadigan smartfonlar ma’lum qilindi