14:34 / 06.06.2019
3 600

KLM «kelajak samolyoti»da yo‘lovchilar qanotlarda joylashtiriladi (video)

KLM «kelajak samolyoti»da yo‘lovchilar qanotlarda joylashtiriladi (video)
Foto: Hi-Tech
KLM Airlines kompaniyasi FlyingV innovatsion samolyot loyihasini moliyalashtirishga rozi bo‘ldi, deb xabar berdi "Daryo" nashri Hi-Tech"ga tayanib.

V shaklidagi fyuzelyajga ega samolyot dizayni Yustus Benad tomonidan yaratilgan. Uning g‘oyasini esa Niderlandiyaning Delf texnika universiteti tadqiqotchilari guruhi amalga oshiradi.

Futuristik samolyotning g‘oyasi shundan iboratki, yo‘lovchilar kabinasi hamda yonilg‘i baklari va yuk bo‘lmasi samolyot qanotida joylashgan. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, noodatiy tuzilish hisobiga umumiy aerodinamika yaxshilanib, yoqilg‘i sarflash tejaladi.

FlyingV samolyoti Airbus A350’ga nisbatan 20 foiz kam yonilg‘i sarflaydi, bunda uning saloniga xuddi shuncha (taxminan 314 nafar) odam sig‘adi.

Ushbu samolyot maketi Gollandiya aviaqatnovining 100 yilligi munosabati bilan Amsterdamning Sxipxol aeroportida namoyish etiladi. Samolyot 20-30 yildan keyin foydalanishga topshirilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » KLM «kelajak samolyoti»da yo‘lovchilar qanotlarda joylashtiriladi (video)