Huawei sanksiyalar sababli yangi noutbuki taqdimotini bekor qildi

  • 12 iyun 2019, 19:59
  • 837
  • Texnologiya
  • Huawei sanksiyalar sababli yangi noutbuki taqdimotini bekor qildi
    Huawei kompaniyasi o‘zining Matebook noutbuki yangi modeli taqdimotini noma’lum muddatga kechiktirdi. Bu haqda The Information'ga tayanib Kun yozmoqda.

    Yangi model ushbu haftada Shanxaydagi CES Asia 2019 ko‘rgazmasida namoyish etilishi kerak edi. kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda kiritilgan AQSh sanksiyalari sababli taqdimot ortga surilgan.

    Avvalroq AQSh savdo vazirligi Huawei kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritgandi. Google, Intel, Broadcom va boshqa kompaniyalar Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

    Matebook noutbuklarida Intel protsessorlari va Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan. Shu tarzda noutbuk sanksiyalar sababli Huawei kompaniyasining bozorga chiqa olmagan birinchi mahsuloti bo‘ldi.

    » » Huawei sanksiyalar sababli yangi noutbuki taqdimotini bekor qildi