Endi uskunani tun davomida zaryadlashning hojati yo‘q.
Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi Vivo kompaniyasi Super FlashCharge 120W texnologiyasini yaratganini ma’lum qildi. Bu texnologiya 4 000 mA·s hajmdagi akkumulyatorni atigi 13 daqiqada quvvatlash imkonini beradi.
Kompaniya qiziquvchilar uchun video tayyorlagan bo‘lib, unda flagmanning quvvati 16 soniyada taxminan 10 foizdan 14 foizga yetgan. Bu rekordga qadar Vivo'ning erishgan eng yaxshi natijasi 4 000 li batareyka uchun 45 daqiqani tashkil etgan — bu imkoniyat videoo‘yin ishqibozlari uchun ishlab chiqarilgan iQOO telefonida mavjud.
Mart oyida Xiaomi o‘zining 100 vattli texnologiyasini namoyish etgan bo‘lib, unda xuddi shunday hajmdagi batareykani 17 daqiqada quvvatlash imkoniyati bor. Ular orasidan hozirda sotuvda mavjudi Oppo Find X Lamborghini Edition — uning batareyka sig‘imi 3 400 mA·s va 35 daqiqada to‘ladi.
Vivo o‘zining 120-vattlik texnologiyasini, katta ehtimol bilan, 26 iyunda boshlanadigan MWC Shanghai ko‘rgazmalarida taqdim etadi. Shuningdek, kompaniyaning 5G-smartfoni taqdimoti o‘tkazilishi ham kutilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?