09:10 / 21.06.2019
3 620

“O‘zbektelekom” internet tezligini oshirish usullarini ma’lum qildi

“O‘zbektelekom” internet tezligini oshirish usullarini ma’lum qildi
“O‘zbektelekom” simsiz internet tezligini qanday oshirish mumkinligini ma’lum qildi.

Kompaniya xabarida simsiz aloqa ulanish tezligi juda ko‘p turli omillarga bog‘liq bo‘lishi, imkon qadar, router va abonent qurilmalari bir xonada joylashishi va ular orasida hech qanday to‘siq (devorlar, to‘suvchi buyumlar va boshqalar) mavjud bo‘lmagani ma’qulligi qayd etilgan.

“Wi-Fi routerining texnik ko‘rsatkichlari va uning sozlamalariga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. Masalan, bugungi kunda routerlarning eng keng tarqalgan modellari 2,4 GGs (802.11n)
standartini qo‘llab-quvvatlaydi, yangi modellar esa 5 GGs (802.11ac) standartiga javob beradi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’lum qilingan tezlik va mazkur standartlar 100 Mbit/sdan ancha yuqori, biroq aslida, haqiqiy tezlik juda past bo‘lishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

“O‘ztelekom” 5 GGs (802.11ac) standartiga javob beruvchi Wi-Fi routerlarni xarid qilishni tavsiya qilgan. Bunday holda tezlik 5 GHz chastotada simsiz tarmoqqa nisbatan amal qilish davri ancha kamroq bo‘lsa-da, tezlik yuqori bo‘ladi.

“Agar siz ikki diapazonli routerdan foydalansangiz, provayderga to‘lovni amalga oshiradigan 100 Mbit/s. tezlikda ulanishning to‘liq salohiyatini ochish mumkin. Shuningdek, gigabit portlari (tezligi WAN i LAN – 1 Gbit/s)ga ega routerni ham ko‘rib chiqishingiz mumkin”, - deya xulosa qilingan xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “O‘zbektelekom” internet tezligini oshirish usullarini ma’lum qildi