12:51 / 28.06.2019
3 197

Odnoklassniki fotosuratlarni qo‘shish va birgalikda saqlash uchun umumiy albomlarni joriy etdi

Odnoklassniki fotosuratlarni qo‘shish va birgalikda saqlash uchun umumiy albomlarni joriy etdi
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida fotosuratlarni boshqa foydalanuvchilar bilan ulashishning yana bir usuli — umumiy albomlar joriy etildi. Yangi xizmat orqali suratlarni do‘stlar va yaqinlar bilan birgalikda qo‘shish, yuklash va ularni muhokama etish mumkin. Albomdagi fotosuratlar omma uchun ochiq bo‘lmaydi: ulardan faqat ushbu suratlar muallifi va u hammuallif etib tayinlagan shaxs foydalana oladi.

Umumiy albomlar oilaviy bayramlar, do‘stlar va hamkasblar bilan uchrashuvlar, bitiruv kechalari va boshqa unutilmas voqealar aks etgan fotosuratlarni saqlash uchun to‘g‘ri keladi. Ulardan qiziqishlar bo‘yicha guruh albomlari sifatida foydalanib, fotosuratlarni ulashish mumkin. Endi suratlarni bir-biringizga jo‘natishingiz shart emas — qarindoshingizni, do‘stingizni yoki hamkasbingizni albom hammuallifi etib tayinlashingiz kerak, xolos. Bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan yigirma nafar foydalanuvchilar bilan hissiyotlarni ulashish mumkin, shu munosabat bilan umumiy albomlar ham katta inoq oilalarga, ham kichik hamfikrlar guruhiga to‘g‘ri keladi.

Umumiy albomlardan OKdagi barchalar foydalanishi mumkin va ularning soni cheklanmagan. Albomga biryo‘la besh nafar do‘stlarni qo‘shish mumkin bo‘lib, shundan so‘ng ular hammuallif etib tayinlanadi. Umumiy albomlardagi fotosuratlar va ularga qoldirilgan sharhlar tasmada joylashtirilmaydi. Faqat albom mualliflari va hammualliflari fotosuratlarni tomosha qilishi va ularni muhokama etishi mumkin.
Yangi xizmatdan OK veb-interfeysida to‘liq foydalanish mumkin. Albomni yaratish va ishtirokchilarni tahrir qilish funksiyasi iOS va Android ilovalarida hali mavjud emas. Ushbu funksiyalar ijtimoiy tarmoqning mobil versiyasida yozning yakunida joriy etiladi.

Odnoklassniki — Rossiya va yaqin xorij davlatlaridagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biridir. Mazkur ijtimoiy tarmoqqa Rossiyadagi har uchinchi internet-foydalanuvchisi tashrif buyuradi. Ularning barchasi ijtimoiy tarmoqning xabarnomalar, tovushli va video qo‘ng‘iroqlar, otkritka va stikerlar kabi turli xizmatlari orqali do‘stlari bilan muloqotda bo‘ladilar va yaqin insonlari bilan hissiyotlarini ulashadilar.

Shuningdek, OK — texnologik kontentli va xizmat ko‘rsatuvchi platformadir: ijtimoiy tarmoqda muhim voqealar translyatsiyalarini 4K sifatda tomosha qilish, sevimli musiqani tinglash, tovarlar va xizmatlarni xarid qilish hamda jahonning 18 ta mamlakatiga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Odnoklassniki — videoni tomosha qilish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallagan ijtimoiy tarmoqdir: sutka davomida OKda videolar 870 mln. martadan ortiq tomosha qilinadi, ulardan 130 mln. tomosha qilishlar soni jonli translyatsiyalarga to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki fotosuratlarni qo‘shish va birgalikda saqlash uchun umumiy albomlarni joriy etdi