17:27 / 30.06.2019
4 646

Aloqa va internet sohasidagi o‘zgarishlar haqida statistika

Aloqa va internet sohasidagi o‘zgarishlar haqida statistika
Aloqa va internet sohasida yurtimizda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati bu borada statistik ma’lumotlarni berib o‘tdi.

— 2019 yilda operatorlar va provayderlar uchun internet narxlari pasaytirildi. Ya’ni, narxlar o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar pasaytirildi.

— O‘tgan yili 2300 km. atrofida optik tolali aloqa liniyalari tortilgan bo‘lsa, oxirgi besh oyning o‘zida bu 6000 km.dan ortiqni tashkil etdi.

— So‘nggi olti oy ichida 1245 ta maktab, 734 ta maktabgacha ta’lim va 349 ta sog‘liqni saqlash muassasalari ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga ulangan. Yil oxirigacha yana 5000 ijtimoiy ob’ektni tarmoqqa ulash rejalashtirilgan.

— Bundan tashqari, keng polosali ulanishning 1,4 mln.dan ortiq porti ishga tushirildi, shundan joriy yilda 300 mingdan ortig‘i o‘rnatildi va 690 ming abonent ulandi.

— Mobil aloqa operatorlari tomonidan ikki mingdan ortiq baza stansiyalari qurildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Aloqa va internet sohasidagi o‘zgarishlar haqida statistika