FaceApp dasturi 10 kun ichida 1 mln dollardan ortiq pul ishladi

  • 20 iyul 2019, 10:39
  • 1 125
  • Texnologiya
  • FaceApp dasturi 10 kun ichida 1 mln dollardan ortiq pul ishladi
    Foto: «Qo‘shni mahalla»
    FaceApp dasturi iyul oyida erishgan mashhurligi sabab 1 million dollardan ortiq pul ishlab oldi. Bu haqda mobil dasturlar bozorini tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi App Annie kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, Daryo.uz xabar berdi.

    Gap 9 iyuldan 19 iyulgacha bo‘lgan oraliq haqida ketmoqda.

    Bu vaqt ichida dastur 6,5 million marta yuklab olingan. Kelib tushgan mablag‘ning asosiy qismi — 746 ming dollar Apple foydalanuvchilariga hisobiga to‘g‘ri keladi.

    Forbes’ning yozishicha, o‘z tarixi davomida FaceApp 73,2 million marta yuklab olingan va 11,6 million dollar ishlab topgan.

    » » FaceApp dasturi 10 kun ichida 1 mln dollardan ortiq pul ishladi