Dunyodagi eng kuchli smartfon taqdim qilindi (foto, video)

  • 23 iyul 2019, 09:00
  • 1 333
  • Texnologiya
  • Dunyodagi eng kuchli smartfon taqdim qilindi (foto, video)
    Asus kompaniyasi o‘yinlarga mo‘ljallangan ROG Phone II smartfonini ishlab chiqardi. Ushbu smartfon dunyodagi eng unumdor smartfon bo‘ldi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.


    Smartfon 6,59 dyuymli va 2340 ga 1080 nuqtaga ega AMOLED-ekranga ega bo‘lib, uning korpusida geympadlarda tepki sifatida ishlovchi AirTriggers qo‘shimcha tugmalari, quloqchinlar uchun raz’yom va 4 ta mikrofon joylashgan.

    Smartfon Snapdragon 855 Plus protsessori, 12 Gb tezkor va 512 Gb ichki xotira bilan jihozlangan. Qurilma, shuningdek, PUBG Mobile o‘yinini 7 soat uzluksiz o‘ynashga yetadigan 6 ming milliamper-soatli akkumulyator olgan. Smartfon uchun kulerga ega AeroActive Cooler II sovitish tizimi, geympad va qo‘shimcha akkumulyatorga ega dok-stansiya taqdim qilingan. Sovitish tizimini smartfonning orqa qopqog‘iga o‘rnatish mumkin.


    Smartfon qachon sotuvga chiqarilishi 23 iyulda Xitoyning Tencent kompaniyasi taqdimotida ma’lum qilinadi. Shu bilan birga, qurilma sentyabrda 900 dollardan sotila boshlanishi taxmin qilinmoqda.

    » » Dunyodagi eng kuchli smartfon taqdim qilindi (foto, video)