Toshkentda mobil telefonlarda yangi GSM tarmog‘i paydo bo‘lgani xabar qilindi

  • 05 yanvar 2015, 23:53
  • 6 167
  • Texnologiya
  • Toshkentda mobil telefonlarda yangi GSM tarmog‘i paydo bo‘lgani xabar qilindi

    Toshkentda mobil telefon qurilmalarida O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan uchta GSM operator − Beeline, Ucell va UMS’dan tashqari yana bir GSM tarmoq paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda
    «Daryo» nashri.

    Telefonlarning GSM tarmog‘ini tanlash bo‘limida 434 08 nomi bilan yana bir GSM tarmog‘i ko‘rinmoqda. Wikipedia ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan mobil operatorlarning tarmoqlari 434 01 dan 434 07 gacha kodlangan, biroq 434 08 kodiga ega tarmoq mavjud emas.

    Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhi a’zolari bu UzMobile tomonidan ishga tushirishi rejalashtirilayotgan GSM tarmog‘ining sinovi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan
    . Biroq bu borada birorta rasmiy xabar berilmagan.

    Foto: Facebook / «Potrebitel.uz»

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda mobil telefonlarda yangi GSM tarmog‘i paydo bo‘lgani xabar qilindi