08:50 / 01.08.2019
3 768

«O‘zbektelekom» 1 avgustdan internet tezligini oshirdi, narxlar esa eski holatida qoldi

«O‘zbektelekom» 1 avgustdan internet tezligini oshirdi, narxlar esa eski holatida qoldi
Foto: «howtotechglitz.com»
«O‘zbektelekom» AK 2019 yil 1 avgustdan e’tiboran «Teznet business» tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu seriyadagi barcha tarif rejalarida abonent to‘lovi o‘zgartirilmagan holda internetdan foydalanish tezligi 50 foizgacha oshiriladi.

Misol uchun, «Teznet business 1» tarif rejasida tezlik 3 Mbit/s.gacha oshiriladi, avval bu ko‘rsatkich 2 Mbit/s.ni tashkil etar edi. «Teznet business 2»da esa 4 Mbit/s.dan 6 Mbit/s.gacha va «Teznet business 7»da esa tezlik 40 Mbit/s.dan 50 Mbit/s.gacha oshiriladi.

«O‘zbektelekom» AK taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va ularning narxini pasaytirish bo‘yicha muntazam ravishda ish olib bormoqda, deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbektelekom» avvalroq jismoniy shaxslar uchun UNLIM seriyasining ayrim tarif rejalarida tezlikni oshirgan hamda yuqori tezlikdagi internetini 22 foizga arzonlashtirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «O‘zbektelekom» 1 avgustdan internet tezligini oshirdi, narxlar esa eski holatida qoldi