Foto: Twitter / Gizchina
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi Black Shark 2 Pro o‘yin uchun mo‘ljallangan smartfonini taqdim etdi. Mazkur qurilma dunyodagi eng kuchli smartfon deya e’tirof etildi, deb ma’lum qiladi Daryo nashri.
Yangi devays sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 855 Plus protsessori hamda 12 gigabayt tezkor xotira bilan jihozlangan. Ichki xotirasi esa 128 dan 256 gigabaytgacha.
Shuningdek, yangi qurilmaga 6,39 dyuymli AMOLED displeyi ham o‘rnatilgan bo‘lib, har bir bosishlar tezligi 34,7 millisoniyani tashkil etadi. Shu bilan birga barmoq izi skaneri displeyga o‘rnatilgan.
Bundan tashqari smartfon 48+12 megapikselli asosiy kamera hamda 20 megapikselli frontal kamera bilan jihozlangan. Akkumulyator sig‘imi 4000 mA/soat.
2 avgustdan sotuvga chiqadigan yangi smartonning narxi 435 dollardan 508 dollargacha bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi